Brend Haqida

Image

O’zbekistoon - afsonalar diyoridir. Afsonalarda aytiishicha, bu yerlardan Buyuk Ipak Yo’li, undan esa oltin o’tgan ekan. Biz afsonalar va o’tmishning haqiqatga aylangan davrda yashamoqdamiz. O’zbekiston - hunarmandlar o’lkasidir. Bugun ularning o’zlarini ko’rolmasangiz ham, Siz tashrif buyurgan shaharlarda, ko’chalarda, bog’ va xiyobonlarda ular yaratgan asarlardan bahramand bo’lishingiz mumkin. O’zbek ustalari oltinga jon bag’ishlagach, oltin ham ularga ishlov berishga ruxsat beribdi. Hech qaysi metalga oltinchalik ishlov berilmagan.

- O’zbekiston - oltin diyoridir. Dunyodagi eng yirik oltin koni Muruntov ham Oʻzbekistonda joylashgan.

Bizning kesishgan nuqtamiz FONON afsonaviy ijodlarini iste'dodli ustalarining zukkoligi bilan ajoyib zargarlik buyumlariga aylantirmoqda.

Oʻzbekiston oltin qazib chiqarish va savdo bo’yicha butun tarixda mashhur bo’lgan. Oʻzbekiston oltinidan turli sivilizatsiyalarda foydalanilgan. Ayniqsa, Ipak yo‘li o‘tgan mintaqada joylashgan O‘zbekiston oltin savdosining muhim chorrahasiga aylandi.

Tarixchilarning fikricha, mil.avval. IV asrdan buyon oltin qazib olinishni boshlagan. Qadimiy Buxoroni Buyuk Ipak yo‘lidagi eng boy hududlardan biriga aylantirgan sabablardan biri ham bu joylardan oltin qazib chiqarilishi bo’lgan.

XIX asr oʻrtalarida Buxoroda bir yil darvesh qiyofasida yashagan venger sayyohi Arminus Vamberi 1872 yilda mashhur “Buxoro tarixi” nomli kitobini yozgan. Vamberi Yevropaning eng yirik gazetalarida Buxoro oltini haqida hikoya qilib, kitobxonlarga sirli Zarafshon daryosi va mahalliy oltin qazib chiqaruvchilar haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan.
- “Daryodan har kuni yarim kilogramm oltin chiqadi”,-deya ta’kidlaydi Vamberi.

Vamberi tashabbusi bilan 1878-yilda Venadagi jahon koʻrgazmasida Buxoro oltin buyumlari namoyish etilgan va yevropaliklarning katta eʼtiborini qozongan. Gazetalar Buxoro oltin buyumlariga katta qiziqish bildirgan. Yevropa uchun Buxoro, ko‘plab sayohatchilarning orzu qilgan haqiqiy kashfiyot markaziga aylandi.

O‘zbekiston oltini e’tiborga tushishi uchun aynan bu hududlardan qazib chiqarilishining o‘zi yetarli emas. Oltin Dunyoda Antarktidadan tashqari deyarli hamma joyda qazib olinadi. Eng asosiysi bu oltinga ishlov berish mahoratidir. Oltin – ishlov berish uchun juda mos metall bo'lib, 1 gramm oltinga ishlov berib uni1 kvadrat metr maydonni qoplaydigan o'lchamga keltirish mumkin. 1 gramm oltinni simdek tortib, 1 km uzunlikka cho’zish mumkin. Biroq, unga shakl berish katta mahorat talab qiladi.

O‘zbek ustalari oltinga shunday ishlov berganlarki, uni ko‘rgan har bir kishi hayratga tushadi.
O‘zbekistonga hali Ipak yetib kelmasdan, tilladan kiyim tikish mahoratiga ega bo’lgan ayollarni ishini ko‘rganlar hayratda qolganlar. O‘zbek ustalari tomonidan oltindan to‘qilgan choponlar tillarda doston bo’lgan. Buxoro amirlari ba’zan ikki-uch qavat qalin tilla liboslar kiyib yurganlar. Qirol otlarining yopinchiqlarini ham oltin kashtalar bezab turgan.

Mahorat, faqatgina to‘quvchilik bilan cheklanib qolmaydi.Samarqanddagi Tillakori ikkinchi nomi Oltin bilan qoplangan madrasa deb ham ataladi. Madrasaga o‘z nomini bergan Tillakori oltin hunarmandchilik degan ma’noni anglatadi. Bu katta gumbazli inshootga kirganingizda, unga nima uchun bunday nom berilganini yaxshiroq tushunasiz.

Bugun Buxorolik ustalarning zardo‘zlik naqshlari ko‘plab mamlakatlar muzeylarida namoyish etilmoqda. O’rta Osiyoning boy oltin konlariga ega O‘zbekiston bugungi kunda ham oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda muhim o’ringa ega. Shu sababli O'zbekiston oltini sarmoyaviy maqsadlarning juda qadrli va foydali turi hisoblanadi.

O‘zbekiston 2023-yilda 25 tonnadan ortiq qimmatbaho metallni realizatsiyalab, oltin realizatsiyalash hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.

O'ZBEKISTONDA OLTIN DAVLAT NAZORATI OSTIDA QAZIB CHIQARILADI. U davlat kafolati bilan sotiladi.

Shu sababli sertifikatlangan o‘zbek oltini eng ishonchli oltinlardan biri hisoblanadi. Oltin butun dunyoda asrlar davomida eng ko'p talab qilingan metall bo'lgan bo'lsa-da, u turli hiylalar markazida bo'lib kelgan. Afsuski, so'nggi yillarda soxta mahsulotlar bilan bog'liq xavotirlar sezilarli darajada oshdi. Texnologiyaning rivojlanishi natijasida soxta mahsulotlarni farqlash tobora qiyinlashmoqda. Iste'molchilarning ishonchli manbalardan sotib olishdan boshqa iloji qolmayabdi.

"Oltin" so'zi lotincha "aurum" so'zidan olingan bo'lib, "porlash, yaltirash" degan ma'noni anglatadi. Fandagi AU ramzi ham shu so’zdan olingan. Biroq, oltinning yorqin nuri tabiatning boshqa mo'jizasi bilan birlashganda yanayam tovlanadi.

OLMOS

Ba'zilarga ko'ra; Eros o'qining uchidagi tosh.
Ba'zilarga ko'ra esa; Yerga tushgan yulduz zarralari.

HECH QAYSI ASBOB UNI KESA OLMAYDI, HATTOKI ENG QAYNOQ OLOVLAR HAM UNING YUZASIDA IZ QOLDIRA OLMAYDI..

Chunki qimmatbaho toshlar orasida eng ko'zni qamashtiruvchi va eng qattig’i Olmos hisoblanadi. O'rtacha 3 million yil ichida shakllanganligi sababli, u yer sharidan keyingi eng qadimgi obyekt hisoblanadi.

Aynan shuning uchun ham u kuch, go'zallik va chidamlilik timsoli hisoblanadi. Kimgadir olmos hadya qilinganda u odamning juda ham muhim va qadrli inson ekanini anglatadi.
Dunyoda ikki bir xil olmos mavjud emas.
Dunyodagi eng qattiq modda, eng nozik tuyg’ularni - MUHABBATNI ifodalaydi.
Tabiatdan qazib olingan olmosning javohirga aylanishi faqat San'at va Mahoratning sehrli barmoqlari bilangina sodir bo'ladi.

FONONda Oltin va Olmoslar o'zbek hunarmandchiligining sirlari va mahorati bilan noyob javohirlarga aylanadi.

Sizni ushbu asarlar bilan tanishishga taklif qilib qolamiz...